logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

O‘zbekiston Qahramoni, senator, “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi S. Turdiyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, senator Sh. Ayupov Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

view 11

Tashrif davomida mehmonlar dastlab universitet hududida yangi bunyod etilgan “Renessans” ma’ruza zallari majmuasini ko‘zdan kechirdilar. Ushbu majmua besh buyuk alloma nomi bilan atalgan zamonaviy ma’ruza zallarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, undagi qulay shart-sharoitlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Mehmonlar o‘z fikrlarida so‘nggi yillarda universitetda yaratilgan akademik va ijodiy muhit tubdan yangilangani, talabalar uchun barcha zarur sharoitlar to‘liq ta’minlanganini alohida ta’kidladilar. Talabalar nafaqat agrar sohada, balki san’at va ijod yo‘nalishlarida ham o‘z salohiyatini namoyon etayotganini ko‘rib, bundan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy infratuzilma hamda talabalarning har tomonlama rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Tashrif doirasida mehmonlar Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining quritish, saqlash va qadoqlash laboratoriyalarining faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida ilmiy tajriba almashish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan qator qiziqarli va muhim takliflar ilgari surildi. Shuningdek, iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari namoyish etilgan “Art galereya” ko‘rgazmasi bilan tanishildi.

Toshkent davlat agrar universitetining bir guruh iqtidorli yoshlari, Prezident va nomli davlat stipendiya gʻoliblari, xalqaro grant, stipendiya va fan olimpiadalari gʻoliblari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Yoshlarimiz oʻzlarini oʻqishi, olib borayotgan faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida axborot berishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarvv:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.