Mazkur tadbir “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatildi. Mazkur jarayonda aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash bilan bir qatorda, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Aholining huquqiy ongi va siyosiy madaniyatini yuksaltirish, islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida joylarda ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda. Xususan, Respublika va viloyat ishchi guruhi, shuningdek Toshkent davlat agrar universiteti vakillari ishtirokida Ohangaron tumanining “Go‘shsoy” mahallasi hamda Angren shahrida aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Uchrashuvlarda aholi murojaat va takliflari tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

