O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-maydagi Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) tomonidan amalga oshirilayotgan “Global asalarichilik va asal ishlab chiqarish sohasida bilimlar va ko‘nikmalar almashinuvi” loyihasi doirasida, Sloveniya davlatining asalarichilik sohasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rgatish maqsadida bugun ushbu mamlakatning olim va mutaxassislaridan iborat delegatsiya a’zolari Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari Toshkent davlat agrar universiteti rektori N.N. Oblomuradov boshchiligida mutasaddilar tomonidan kutib olindi. Xalqaro hamkorlik loyihasini rasman boshlanganligi va kelajakdagi ikki tamonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Shuningdek, tomonlar asalarichilik mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashdilar.
Hamkorlar tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalari va yetakchi asalarichlarga asalarichilik sohasida Sloveniyaning ilg‘or tajribasini yaqindan tanishtirilib, Sloveniyaning asalarichilik sohasidagi tajribalarini keng targ‘ib qilish, tadqiqotlar o‘tkazish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha takliflar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


