Toshkent davlat agrar universitetida buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan hamda madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash maqsadida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining universitet bosqichi yuksak saviyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-46-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Musobaqa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish va Sohibqironning boy harbiy merosini o‘rganishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Universitet fakultetlari jamoalari o‘rtasida kechgan murosasiz va shiddatli bahslar yakuniga ko‘ra, quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi:
1-o‘rin — Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar fakulteti jamoasi;
2-o‘rin — Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti jamoasi;
3-o‘rin — O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti jamoasi.
Mazkur musobaqa nafaqat kuch va shijoat sinovi, balki talaba-yoshlar qalbida ajdodlarimizning shonli tarixiga nisbatan yuksak hurmat va munosib vorislik mas’uliyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



