Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentabrdagi PF–6309-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga muvofiq, 2026-2027-oʻquv yili uchun: Magistratura bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi;
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlov yoʻnalishlari tasdiqlandi. Shunga ko‘ra, hujjat topshirish istagida bo’lgan talabalar 15-iyun sanasigacha, Doktororantura va iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limiga taqdim qilishi so'raladi! Tanlovlarda ishtirok etuvchi talabgorlar: Tasdiqlangan tanlov yoʻnalishlariga mos bo‘lishi Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi;
Ilmiy, ijodiy va jamoatchilik faoliyatida faol ishtirok etishi lozim.
Murojaat uchun tel:
+998943150055
+998938506929
🌐 @ArDi_3108
@boymurodovich_s
Barcha ishtirokchilarga omad!
Ijtimoiy tarmoqlar:
