2026-yil 13–14-mart kunlari Dushanbe shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumi boʻlib oʻtmoqda. “Oʻzbekiston va Tojikistonda oliy taʼlim va ilm-fan: hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida tashkil etilgan forumda ikki mamlakat vazirliklari vakillari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda. Mazkur forum doirasida oliy taʼlim, ilm-fan, innovatsiyalar, akademik almashinuv hamda qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda. Toshkent davlat agrar universiteti ushbu nufuzli forumda faol ishtirok etmoqda. Xususan, universitetning Xalqaro hamkorlik, transformatsiya va strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori A. Abduvasikov forum ishlarida qatnashib, oliy taʼlim va ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etmoqda.
Forum doirasida A. Abduvasikov Dushanbe shahridagi S. Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetida o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etib, bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, Dang‘ara davlat universiteti hamda Isfara shahridagi Tojikiston Texnologik universiteti filiali (Branch of the Technological University of Tajikistan in Isfara) bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Ijtimoiy tarmoqlar:



