Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakulteti professor-o‘qituvchilari “O‘zbekistonda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish va barqaror landshaftni rivojlantirish: imkoniyatlar va muammolar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro anjumanda faol ishtirok etdilar. Mazkur nufuzli tadbir Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Suppro Co kompaniyasi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi hamkorligida tashkil etildi. Anjumanda O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning yetakchi mutaxassislari shahar ekologiyasi, landshaft dizayni hamda barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan dolzarb mavzularda o‘z tajriba va qarashlarini o‘rtoqlashdilar.
Fakultet kafedrasi mudiri M.Xolmurodov “O‘zbekistonda shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish va landshaft dizayn sohasining bugungi holati va vazifalari” mavzusida ma’ruza bilan qatnashib, soha rivoji, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir fakultet jamoasi uchun xalqaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda ilg‘or tajribalarni mamlakatimiz sharoitiga moslashtirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:

