Qalampir munchoq (Piper nigrum) nafaqat oshxonamizning ajralmas ziravori, balki dorivor va iqtisodiy jihatdan juda qimmatli o‘simlikdir. Ushbu o‘simlik qadimdan “ziravorlar qiroli” deb atalib kelinadi. Qalampir munchoq ovqat hazmini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi, qon aylanishini faollashtiradi va shamollash kasalliklarida foyda beradi. Tarkibidagi tabiiy moddalar modda almashinuvini tezlashtirib, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga ham yordam beradi. Shuningdek, u antibakterial xususiyatga ega bo‘lib, organizmni zararli mikroblardan himoya qiladi. Qishloq xo‘jaligida qalampir munchoq yuqori daromadli va eksportbop ekin hisoblanadi. Kam maydonda yetishtiriladi, biroq 20–25 yilgacha hosil berib, dehqon uchun barqaror daromad manbai bo‘la oladi. Dorivor va ziravor sanoatida doimiy talabga ega. Qalampir munchoq issiq va nam iqlimni yoqtiradi. Unumdor, yumshoq va yaxshi drenajlangan tuproqda yaxshi o‘sadi.
Asosan qalamcha orqali ko‘paytiriladi va chirmashib o‘sishi uchun tayanch talab etiladi. Sug‘orish me’yorida bo‘lishi, o‘g‘itlashda esa organik va kaliy-fosforli o‘g‘itlardan foydalanish tavsiya etiladi. 3–4 yildan so‘ng o‘simlik hosilga kiradi. Mevalar qizargan paytda terib olinib quritiladi va sifatli qora qalampir olinadi
Ijtimoiy tarmoqlar:
