logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Qishki agrotexnik qoidalar haqida bilarmidingiz?

view 138

Ekinlarning saqlanishi, tuproq unumdorligini oshirish va kelgusi hosil poydevorini yaratishda muhim davr hisoblanadi. Qishki agrotexnika qoidalariga qat’iy rioya etish ekinlarning sovuqdan zararlanishining oldini olib, yuqori hosildorlikni ta’minlaydi.
Kuzgi ekinlarni qishlashga tayyorlash
Kuzgi bug‘doy va arpa ekinlari qishlashga kirishdan oldin 3–4 ta haqiqiy barg chiqargan bo‘lishi lozim. Ekinlar me’yorida oziqlantirilgan bo‘lishi kerak, azotli o‘g‘itlarni kech kuzda haddan tashqari berish tavsiya etilmaydi.
Dala tekisligi tekshirib, suv to‘planib qoladigan joylar bartaraf etiladi.
Tuproq va namlikni saqlash choralari
Qor tutish tadbirlari (ariqcha ochish, egatlar hosil qilish) namlikni saqlashga yordam beradi. Qish davomida dalada texnika yurishidan saqlanish kerak, bu tuproq zichlashuviga olib keladi. Sho‘rlangan yerlarda qishki yuvish tadbirlari amalga oshiriladi.
Sovuq va ayozdan himoyalash
Ochiq ildizli ko‘chatlar atrofi tuproq bilan ko‘miladi yoki mulchalanadi. Kuchli sovuqlarda ekinlar ustida qor qatlami saqlanishi foydali hisoblanadi. Shamol kuchli bo‘lgan hududlarda qor uchib ketmasligi uchun to‘siqlar qo‘yiladi.
Kasallik va zararkunandalarning oldini olish
Qish davrida dala va bog‘lar muntazam kuzatib boriladi. Qurib qolgan, kasallangan o‘simlik qoldiqlari yo‘q qilinadi.
Mevali daraxtlar tanasi ohak bilan oqlanib, zararkunandalardan himoyalanadi.
Qish faslida o‘g‘itlash va parvarish
Fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni qish oldidan yoki qishda berish tuproq unumdorligini oshiradi.Organik o‘g‘itlar (chirigan go‘ng) kuzgi haydash bilan birga berilishi tavsiya etiladi.Qishda sug‘orish faqat zarurat tug‘ilganda amalga oshiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.