logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI BO‘YICHA MUSTAQIL EKSPERTLARNI TAYYORLASH BOSHLANDI

view 87

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda sohada sug‘urta tavakkalchiliklarini boshqarishning zamonaviy tizimini joriy etish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetida maxsus o‘quv-mashg‘ulotlariga start berildi. Mazkur o‘quv kursi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning malakasini oshirish va mustaqil ekspertlarni tayyorlashga qaratilgan. Mashg‘ulotlar davomida dehqonchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik yo‘nalishlari bo‘yicha sug‘urta hodisasi ehtimolini professional tahlil qilish, obyektlarni malakali ko‘zdan kechirish hamda yetkazilgan zarar miqdorini aniq baholash uslublari o‘rgatilmoqda. Nazariy bilimlar bevosita amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borilmoqda, bu esa ekspertlarning kelgusida sug‘urta hodisalarini aniq belgilash va zarar miqdorini xolis baholash ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Bugun, 13-apreldan boshlangan ushbu o‘quv kurslari qishloq xo‘jaligi subyektlarini kutilmagan iqtisodiy yo‘qotishlardan himoya qilish va sohada xalqaro standartlarga mos sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.