Xalqaro ta’lim aloqalarini mustahkamlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Mazkur shartnomaga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun “Chorvachilik” magistratura yo‘nalishi bo‘yicha shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturiga talabalarni qabul qilish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Ushbu dastur asosida talabalar birinchi o‘quv yilini Toshkent davlat agrar universitetida, ikkinchi yilini esa Xitoydagi hamkor universitetda davom ettiradilar.
Qabul jarayoni Xitoy Xalq Respublikasining Shimoliy-g‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti vakillari ishtirokida, ikki tomonlama hamkorlik shartnomasiga muvofiq bir bosqichli suhbat shaklida o‘tkazildi. Unda nomzodlar bilim darajasi, sohaga bo‘lgan qiziqishi, ingliz tilini bilish darajasi va xalqaro muhitda ishlash salohiyati bo‘yicha baholandi.
Ijtimoiy tarmoqlar: