Shveytsariya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan “Sharqda savdoni rivojlantirish: Bolqon mamlakatlari va Markaziy Osiyo” loyihasi doirasida Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan 8-iyun kuni quritilgan mevalar sektorini rivojlantirishga bag‘ishlangan texnik o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar ITCning xalqaro ekspertlari tomonidan olib borildi:
— Anton Ervi (Janubiy Afrika) – quritilgan mevalar sohasidagi xalqaro ekspert va texnolog;
— Frederine Derlo – qishloq xo‘jaligi bozorlari bo‘yicha xalqaro ekspert.
Tadbirda respublikamizning quritilgan mahsulotlar ishlab chiqarish va eksporti bilan shug‘ullanuvchi “UZPEX”, “BEST TASTES TECHNOLOGY” va “VITA BOOM” kabi 20 dan ortiq yetakchi korxonalar vakillari bilan bir qatorda TDAU QXMSQIQ kafedrasi professorlari A. Azizov va dotsent M. Ochilov ham ishtirok etdi.
Seminarda xomashyoni tayyorlash, mahsulot sifatini boshqarish, saqlash va qadoqlash, xalqaro standartlarga muvofiqlik hamda eksport salohiyatini oshirish masalalari yuzasidan muhim bilim va tajribalar almashildi.
Ijtimoiy tarmoqlar:





