logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVIDA ILM HAMDA INNOVATSIYA MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

view 31

Toshkent davlat agrar universitetining “Renessans” ma’ruzalar zalida talaba-yoshlar va soha rahbarlari o‘rtasida navbatdagi samimiy muloqot tashkil etildi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mizrob Bo‘ronov hamda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jasur Lapasov ishtirok etib, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan strategik islohotlar xususida so‘z yuritdilar.

chrashuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar Yangi O‘zbekistonni barpo etishda muhim poydevor bo‘layotgani alohida e’tirof etildi. Muloqotning asosiy urg‘usi qishloq xo‘jaligi sohasini innovatsion g‘oyalarsiz tasavvur etib bo‘lmasligiga qaratilib, agrar tarmoqqa raqamli texnologiyalarni tatbiq etish va talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mizrob Bo‘ronov talaba-yoshlarni doimiy izlanishga chorlar ekan, qishloq xo‘jaligini ilm bilan uyg‘unlashtirgan mutaxassisgina yuksak natijalarga erishishi mumkinligini ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.