logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Toshkent davlat agrar universitetida sut mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha “Sut zanjiridagi umumiy muammolar va taklif etilayotgan choralar” mavzusida ishchi sessiya bo‘lib o‘tdi

view 93

Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Sut zanjiridagi umumiy muammolar va taklif etilayotgan choralar” mavzusida ishchi sessiya tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Yevropa Ittifoqi qoshidagi ASK Facility hamkorligida o‘tkazildi. Sessiyada sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro ekspertlar — janob Cornelis Sonneveld va janob Dirk Harting o‘z tahlil natijalarini taqdim etib, sanitariya-gigiena va texnologik jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berdilar.

Tadbirda qo‘mita va vazirlik vakillari, oziq-ovqat xavfsizligi mutaxassislari, sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdilar.
Sessiya davomida sohadagi dolzarb muammolar muhokama qilinib, moliyaviy, texnologik va gigiyenik yechimlar ishlab chiqish hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni milliy amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.