logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Renessans majmuasi – dunyo olimlarini birlashtirgan ilmiy muloqot maskani!

view 275

Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Renessans ma’ruzalar majmuasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur ilmiy anjuman o‘z miqyosi, ishtirokchilari va dolzarb mavzulari bilan ajralib turdi. Renessans majmuasi bu safar haqiqiy ilmiy muloqot va tajriba almashuv maskaniga aylandi. Bu yerda Rossiya, Xitoy, Turkiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon kabi mamlakatlardan kelgan taniqli olimlar, xalqaro ekspertlar hamda respublikamizning yetakchi mutaxassislari bir maydonda to‘planishdi. Konferensiya doirasida jami 5ta shòba tashkil qilindi.1-sho‘ba “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligi tizimlarini barqaror rivojlantirish masalalari” mavzusida o‘tkazilib, ushbu sho’bada unda iqlim o‘zgarishining agrar soha barqarorligiga ta’siri, moslashuv O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari R.Qarshiyev, Guangdong okean universiteti professori Sinyu Szyan, Chukurova universiteti professori Tunahan Erdem hamda respublikamizning bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari o’z maruzalari bilan ishtirok etishdi.   Sho’bada ekologik samaradorlikni oshirish yo‘llari muhokama qilindi. 2-sho‘ba “Barqaror o‘rmonchilik, tabiat va taraqqiyot uyg‘unligi” yo‘nalishida o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik barqarorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uhbu sho’bada Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi O’zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari A.Hamzayev, Soner Kazaz — Ankara universiteti professori, B.Karimov O‘sh davlat universiteti professori va bir qancha yetakchi olimlar o’z maruzalari bilan ishtirok etishdi.

3-sho‘ba “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ilm-fan va innovatsiyalarning ahamiyati” mavzusida ilmiy izlanishlar taqdim etildi. Xususan, N.Yo‘ldoshov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent viloyati filiali direktori, “Chorva mollarining gelmintoz kasalliklariga qarshi mahalliy antigel­mint vositalar” bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlari haqida so‘z yuritdi. 4-sho‘ba “Innovatsion agrotexnologiyalar, o‘simliklar himoyasi va tuproq degradatsiyasiga qarshi kurash” mavzusida o‘tkazilib, unda professor L. G‘afurova (O‘zbekiston Milliy universiteti) hamda A. Sagitov (Qozog‘iston Fanlar akademiyasi) o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. 5-sho‘ba “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligi tizimlarini barqaror rivojlantirish masalalari” mavzusida o‘tkazilib, ushbu sho’bada Rossiya federatsiyasi, Tojikiston respublikasidan kelgan professorlar o’zaro fikr almashishdi. Unda iqlim o‘zgarishining agrar soha barqarorligiga ta’siri, moslashuv strategiyalari va ekologik samaradorlikni oshirish yo‘llari muhokama qilindi. Renessans ma’ruzalar majmuasi bugun nafaqat ilmiy konferensiya o‘tkaziladigan joy, balki dunyo olimlarini birlashtiruvchi yangi ilmiy makon, g‘oya va tajriba almashinuvi markazi sifatida e’tirof etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.