logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Sabzavotlar bilan – sog‘lom hayot sari qadam” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

view 9

Toshkent davlat agrar universitetining O‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda sabzavotchilik sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan yuzasidan “Sabzavotlar bilan – sog‘lom hayot sari qadam” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, Oybek mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi a’zolari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida sabzavot ekinlarini yetishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalari yuzasidan ma’ruzalar va amaliy tavsiyalar berildi. Xususan:
Karam yetishtirish agrotexnologiyasi;
Sarimsoq yetishtirishning zamonaviy usullari;
Kartoshka yetishtirish texnologiyasi;
Salat bargi turlarini yetishtirish va parvarishlash texnologiyalari bo‘yicha ilg‘or tajribalar ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashildi.
Seminar qatnashchilariga sabzavot mahsulotlari yetishtirishda hosildorlikni oshirish, sifatli mahsulot olish hamda aholi salomatligini mustahkamlashda sabzavotchilikning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.