San’at saroyi va tadbirlarni tashkil etish sektori

-
+998 91 503 11 22
-
9:00 - 17:00
-
i.jorayev@tdau.uz
San’at saroyi va tadbirlarni tashkil etish Sektori universitet talaba-yoshlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoyi, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalash, Universitetda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Universiteti rektorining 2025-yil 3-apreldagi “Toshkent davlat agrar universitetining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1-9-6/60-sonli buyrugʻiga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, Universitetning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
San’at saroyi va tadbirlarni tashkil etish Sektori universitet bosh binosining 2-qavatida joylashgan bo’lib, Sektorning Madaniyat saroyida jami 19 ta qatordan iborat bo’lgan 503 ta o’rindiqlar, katta hajmdagi led ekran, zamonaviy audio tizimlari hamda ovoz kuchaytirish moslamalari bilan ta’minlangan.
Sektor boshqaruv xodimlari 2 ta shtat birligi – mudir va texnik muhandisdan iborat.
Quyidagilar Sektorning vazifalari hisoblanadi:
– Professor-o‘qituvchi, talabalar va xodimlarni respublikamiz va jahon madaniy boyliklarni har tomonlama chuqur o‘rganishda ko‘maklashish, elimizni, yurtni, millatni sevish ruhida tarbiyalash, ma’naviy-madaniy bilimlarni va ularda milliy qadryatlarga, san’at va musiqaga qiziqishlarini oshirish;
– Shuningdek besh tashabbus doirasida talabalar o‘rtasida teatr, san’at va musiqani rivojlantirish;
– Talabalarning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb qilish, madaniyat saroyi zallarida ijodiy kechalar, konsertlar, ko‘rgazmalar, spektakllar, badiiy filmlar namoyishlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
– Universitet jamoat tashkilotlari va fakultetlari bilan hamkorlikda xalqaro anjumanlar, simpoziumlar tashkil etishda kerakli asbob-uskunalar bilan amaliy yordam berish;
– Universitet hayoti bilan bog‘liq ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish, o‘quv jarayonidan bo‘sh vaqtlarda ko‘ngilli hordiq chiqarishlari uchun sharoitlar yaratish, talabalarni turli havaskorlik to‘garaklariga jalb etish.