Sharqiy Finlandiya universitetining Global rivojlanish bo‘yicha menejeri Roseanna Avento hamda loyiha koordinatori Annika Mannikko Toshkent davlat agrar universitetida bóldi. Ular ERASMUS+ KA171 loyihasi doirasida universitetimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash”, shuningdek, “Oziq-ovqat xavfsizligi” yo‘nalishlarida trening va mahorat darslarini o‘tkazish maqsadida tashrif buyurgan. Tashrif davomida mehmonlar universitetimizning qator kafedralaridagi zamonaviy laboratoriya jihozlari, o‘quv-uslubiy bazasi va ilmiy salohiyati bilan yaqindan tanishdi.
Tomonlar o‘rtasida olib borilgan muzokaralarda kelgusida ERASMUS+ dasturi doirasida yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro tajribaga ega, raqobatbardosh va malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish rejalashtirildi.
Ijtimoiy tarmoqlar: