Toshkent davlat agrar universiteti rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, sirtqi va masofaviy ta’lim fakulteti talabalari uchun 2025/2026-o‘quv yilining 2-semestr yakuniy nazorat test sinovlari belgilangan tartibda tashkil etilmoqda.
Mazkur jarayonlarning yuqori saviyada, ochiq va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sayfulla Boboyev hamda mas’ul rahbarlar tomonidan imtihonlar bevosita nazorat qilinmoqda.
Nazorat tadbirlari davomida asosiy e’tibor imtihonlarning belgilangan nizom asosida o‘tkazilishi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, test tizimining texnik uzluksizligi hamda akademik halollik tamoyillariga qat’iy rioya qilinishiga qaratilgan.
Ta’kidlash joizki, yakuniy nazoratlar zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilib, barcha natijalar HEMIS platformasi orqali real vaqt rejimida shaffof tarzda rasmiylashtirib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:




