“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Toshkent davlat agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent S.Xolmirzayeva Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida kutubxona fondi yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitildi. Dotsent Xolmirzayeva o‘quvchilar va pedagoglar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, ularning qiziqarli savollariga hayotiy misollar asosida javob berdi.

