Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar – Uzbekskaya 2, Orzu, Selecta 302, Selecta 201, TDAU-5. Ekiladigan soya urug‘lari saralangan, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi shart. Yerga ishlov berish: kuzda 25 sm chuqurlikda shudgorlash, fosfor - 60 kg/ga, go‘ng – 30 t/ga. Erta bahorda yerning tekislash, baronalash, chizellash, yerning ekishga tayyorlash. Harorat 12-15°C bo‘lganda, aprel oyining 2-3 dekadasidan boshlab asosiy ekin sifatida urug‘larni nitragin shtammlari bilan ishlov berib, 4-5 sm chuqurlikda, 30 kg/ga azot o‘g‘iti bilan oziqlantirib ekish lozim. Takroriy ekin sifatida bug‘doy o‘rimidan so‘ng 20 iyulgacha ekish mumkin. Urug‘larni ekishdan oldin nitragin shtammlari (tirik bakteriyalar soya ildizida simbioz shaklida hayot kechiradi) bilan ishlov berib ekilganda, unib chiqqandan so‘ng 9-10 kundan keyin ildizlarida tuganaklar hosil bo‘ladi. Tuganak bakteriyalari atmosferadagi erkin biologik azotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashtirishda soya o‘simligiga yordam beradi va vegetatsiya davomida 200-250 kg/gacha azot o‘zlashtiradi. Bu jarayon o‘simlikni vegetatsiya davomida yetarlicha azot bilan ta’minlaydi, tuproq mikroflorasi yaxshilanadi, unumdorligi oshadi va tiklanadi, shuningdek 50-100 kg/gacha tuproqda sof azot to‘planadi, to‘plangan azot kelgusi yilda ekiladigan ekin turi uchun sarflanadi. Bunda azotli o‘g‘itni qo‘llash kamayadi, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Ekish me’yori: tuproq-iqlim sharoiti va nav xususiyatlarini hisobga olgan holda 70-80-90 kg/ga miqdorda ekiladi.
Ekish usuli: qator oralig‘i 60-70-90 sm. Namlik bo‘lsa, harorat 15-18°C bo‘lsa, 4-5 kunda unib chiqadi. Tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib vegetatsiya davomida 4-8 marta sug‘oriladi.
Soyaning vegetatsiya davri nav xususiyatlaridan kelib chiqib:
Ertapishar navlar 70-100 kun,
O‘rtaertapishar navlar 105-115 kun,
O‘rtapishar navlar 120-135 kun,
Kechpishar navlar 135-160 kungacha davom etadi.
Soya o‘rim yig‘imdan so‘ng urug‘larni quritib, saralanib, qoplarga joylashtirib, omborlarda saqlanadi. Soya urug‘larini o‘rim yig‘imdan so‘ng tinim davrini o‘tmasdan ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki soya urug‘i qancha ko‘p saqlansa, unuvchanligi kamayib boradi. Shuning uchun o‘rim-yig‘imdan so‘ng urug‘larni kelayotgan bahorda ekish lozim.
Ijtimoiy tarmoqlar: