Dorivorligi: O‘simlik tarkibidagi efir moylari va biologik faol moddalar tufayli organizmga foydali ta’sir ko‘rsatadi. U asosan shamollashda, hazm jarayonini yaxshilashda va umumiy sog‘liqni mustahkamlashda qo‘llaniladi.
Ilmiy nomi: Origanum tyttanthum - ilmiy nomi (lotin tildagi nomi). Origanum tyttanthum Gontsch. Xalq tilida esa Tog‘rayhon, mayda gulli tog'rayhon. Shuningdek, Turkiy xalqlar uni "Kekik" deb atashadi.
Xom ashyosi: Yer ustki qismi (herba) - poyasi, barglari va gullari bilan birga olinadi. Asosan gullash davrida yig‘iladi (eng muqobil davr).
Shifobaxsh xususiyatlari:
Shamollash va yo‘talda - balg‘am ko‘chiradi, tomoqni yumshatadi;
Antiseptik - mikroblarga qarshi ta’sir qiladi;
Hazmni yaxshilaydi - ishtahani ochadi, ichni yengillashtiradi
Asabni tinchlantiradi - yengil stress va bezovtalikni kamaytiradi.
Qanday ishlatiladi?
Damlama holida (choy sifatida) - shamollash, yo‘tal va hazmni yaxshilovchi.
Ingalatsiya - bug‘ bilan nafas olish tizimi tomoq va yo‘talni yengillashtiruvchi.
Antiseptik - ba’zan yallig‘lanishga qarshi yoki mikroblarga qarshi ta'sir etuvchi.
Ziravor - taomlar (sho'rva, pitsa, go'shtli va boshqalar) ta’mini boyituvchi va medani hazm faoliyatiga ko'maklashuvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Eslatma: *Homiladorlik va laktatsiya davrida – kuchli damlama yoki konsentrlangan holdagi ise'mol xavfli bo‘lishi mumkin.
*Allergiya - tog'rayhon, rayhon va yalpiz o'simliklariga allergiyasi bo‘lganlarda qo‘llash mumkin emas.
*Yurak, buyrak va jigar kasalliklari – tog'rayhon o'simligi preparatlari shifokor bilan maslahatlashgan holda istemol qilish tavsiya etiladi.
*Dorilar bilan birga qabul qilish – qon ivishini kamaytiruvchi yoki kuchli preparatlar qabul qilishda faqat shifokor nazorati ostida qo'llanilishi zarur.
Muallif: TDAU "Dorivor o'simliklar" kafedrasi katta o'qituvchi F.M. Mardonov va "Tabiat dorixonasi" ilmiy to'garagi a'zosi, 22-71-guruh talabasi K.B. Ruzmatova.
Ijtimoiy tarmoqlar:
