logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

Tajribadan innovatsiyaga: oziq-ovqat festivalida ilm va amaliyot uyg‘unligi

view 27

Toshkent davlat agrar universitetining O‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti tomonidan “Oziq-ovqat festivali: Ilm va innovatsiya uyg‘unligi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kotibiyat boshlig‘i Shamshod Ergashev, Ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Akmal Shamsiyev, universitet rektori Narzullo Oblomuradov hamda universitet olimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi. Seminarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘shilgan qiymat yaratish — ya’ni xomashyoni qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va tayyor mahsulot sifatida iste’molchiga yetkazish orqali uning iqtisodiy qiymatini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Tadbir doirasida kuz mavsumida yetishtirilgan poliz ekinlari va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash natijasida olingan tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, xomashyoni qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar yaratish imkoniyatlari namoyish etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.