logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Talaba Fest” doirasida “Eng mazali taomlar” ko‘rgazmasi tashkil etildi

view 10

“Talaba Fest” festivali doirasida talaba-yoshlarning milliy qadriyatlar va gastronomik madaniyatga bo‘lgan qiziqishini namoyon etishga qaratilgan “Eng mazali taomlar” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan o‘zbek milliy oshxonasi an’analarini aks ettiruvchi turli xil taomlar tayyorlanib, namoyishga qo‘yildi. Jumladan, palov, somsa, manti, norin, shurva va boshqa milliy taomlar o‘ziga xos usulda bezatilib, mehmonlar e’tiboriga havola etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat pazandachilik mahoratini namoyish etdilar, balki har bir taomning tarixi, tayyorlanish usuli va milliy madaniyatimizdagi o‘rni haqida ham ma’lumot berdilar.
“Eng mazali taomlar” ko‘rgazmasi festival ishtirokchilari va mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otib, milliy oshxonamizning boy an’analari va betakror ta’mlarini targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.