“Talaba Fest” festivali doirasida Toshkent davlat agrar universitetining “Renessans” ma’ruzalar zalida yozuvchi, shoir, dramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qo‘chqor Norqobil bilan talaba-yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida adib o‘zining ijodiy faoliyati, adabiyotning inson kamolotidagi o‘rni, she’riyatning ma’naviy tarbiyadagi ahamiyati hamda jurnalistika va ijod olamidagi tajribalari haqida so‘z yuritdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, adib bilan ochiq muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbirning eng qiziqarli qismi she’riyat va mushoira kechasi bo‘ldi. Unda talabalar va ijodkorlar tomonidan Vatanga muhabbat, insoniylik, ezgulik va yoshlik mavzularidagi she’rlar o‘qildi. Mushoira qatnashchilarga unutilmas taassurotlar ulashib, adabiyot va she’riyatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






