logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

“Talaba Fest” doirasida intellektual bellashuvlar o‘tkazildi

view 8

“Talaba Fest” festivali doirasida talaba-yoshlarning bilim va tafakkur salohiyatini namoyon etish, ularning mantiqiy fikrlash hamda tahliliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qator intellektual tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan, festivalning qiziqarli va murosasiz bahslarga boy tadbirlaridan biri — “Talabalar intellekt arenasi: Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Olmaliq davlat texnika instituti jamoasi
🥈 2-o‘rin — Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali jamoasi
🥉 3-o‘rin — Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi
Shuningdek, hududdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Munozara” turniri ham tashkil etildi.
🔥 Qizg‘in va murosasiz bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan turnir yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “Triada” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Everest” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “ASTU yoshlari” jamoasi
Festival davomida o‘tkazilgan bunday intellektual tadbirlar talaba-yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, erkin fikrlash madaniyatini shakllantirish hamda o‘zaro hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
“Talaba Fest” — iste’dod, bilim, ijod va intellekt birlashgan yoshlar maydoni!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.