Festival doirasidagi madaniy tadbirlar qatorida yana bir e’tiborga molik tashabbus — “Milliy liboslar” ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada turli hududlarga xos milliy liboslar, an’anaviy kiyinish madaniyati hamda zamonaviy dizayn yo‘nalishidagi ijodiy ishlanmalar namoyish etildi.
Talaba-yoshlar tomonidan taqdim etilgan liboslar milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni zamonaviy uslub bilan uyg‘unlashtirish hamda yoshlar orasida estetik didni shakllantirishga xizmat qildi. Ko‘rgazma ishtirokchilar va mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirdi.
Mazkur tashabbus festival muhitiga yanada rang-baranglik bag‘ishlab, uning mazmun-mohiyatini boyitdi.
Ijtimoiy tarmoqlar:






