logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

«Talaba Fest» doirasida Toshkent viloyati yoshlari TDAUda birlashdi

view 153

Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilgan “Talaba Fest” festivali Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining qariyb 2 ming nafar talaba-yoshlarini bir maydonda jamladi.

Festival yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, ijodiy va sport salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir dasturi doirasida milliy va zamonaviy san’at namunalari aks etgan madaniy chiqishlar, “Liboslar” va “Eng yaxshi rasmlar” ko‘rgazmalari, “Eng mazali taomlar” tanlovi, sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini hamda “Munozara” turniri kabi ko‘plab tadbirlar tashkil etildi. Talaba-yoshlar ushbu maydonlarda o‘zlarining bilim va iste’dodlarini namoyon etib, sog‘lom raqobat va hamjihatlik muhitini yaratdilar. Shuningdek, karaoke maydonchasi, quvnoq shou dasturlar va taniqli san’atkorlar ishtirokidagi gala-konsert festivalga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Festival yakunida faol ishtirok etgan talabalar va jamoalar taqdirlandi. Mazkur festival yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlab, ularga o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish uchun keng imkoniyat yaratdi.
“Talaba Fest” — bilim, iste’dod, ijod va hamjihatlikni birlashtirgan yoshlar bayramiga aylandi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.