Toshkent INNO Texnoparkida Koreyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida “2025 Kyeongbuk – O‘zbekiston ishga joylashtirish mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Mazkur yarmarkada Toshkent davlat agrar universiteti Karyera markazi va talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i A. Mirzayev hamda 2025-yil bitiruvchi talabalari faol ishtirok etishdi. Tadbir yakunida, TDAU talabalari va bitiruvchilarini Koreyaning yetakchi kompaniyalariga haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti hamda ish bilan ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borildi va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi. Ishtirokchi kompaniyalar qatorida: AJIN INDUSTRIAL, VERYWORDS, MUGE BIO CO., LTD, SIGNALCARE CO., LTD, BIZDATA, WOONJIN, STAR WORKS CO., LTD, SIMBAK CO., LTD, NEOTECH, LSB CO., LTD, HONGJIN ENGINEERING, LEEWHA SRC CO., LTD va boshqa yirik kompaniyalar.
Qo‘shimcha ma’lumotlar Ish joyi: Gyeongsang viloyati Oylik maosh: 2000–2500 AQSh dollari Imtiyozlar: viza, turar joy, ish bilan ta’minlash va tibbiy xizmatlarda qo‘llab-quvvatlash Til talabi: TOPIK 2 sertifikati ustunlik beradi Ta’lim talabi: Bakalavr yoki magistr darajasi (1–3 yillik ish tajribasi afzallik beradi) Nomzodlar: OTMlarning 2024–2026-yilgi bitiruvchilari, yuqoridagi sohalarda tajribaga ega mutaxassislar ega bòlishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar:


