Toshkent davlat agrar universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun talabalarni talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan poytaxtga kelayotgan talabalar uchun universitet ma’sullari tomonidan zarur sharoitlar yaratilmoqda. Talabalar turar joylarida o‘rinlar taqsimlanib, ijaraga beriladigan xonadonlar bo‘yicha ham amaliy yordam ko‘rsatilyapti.
Universitet jamoasi yoshlarga qulaylik yaratish, ularni tezkor va tartibli ravishda ro‘yxatga olish hamda joylashtirish jarayonida faol ishtirok etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, talaba-yoshlarning yangi o‘quv yilini xotirjam va samarali boshlashiga zamin yaratmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar:
