“Dolzarb 90 kun” doirasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Toshkent davlat agrar universitetining iste’dodli talabalari, “Yangi yulduzlar” jamoasi hamda “Bóston” ashula va raqs ansambli a’zolari Qibray tumanida ótkazilgan "Yoshlar festivali" gala-konserti dasturida ishtirok etdi. Festivalni Qibray tumani hokimi M. Rashidov kirish sózi bilan ochib berdi. Tadbir boshida harbiy parad tomoshabinlarga taqdim qilindi.Har bir qatnashchi bayramona kayfiyat, bir oz hayajon va eng muhimi, yoshlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etish niyatida bor kuch va ģayratini sarfladi.
Konsert dasturi doirasida ijodiy chiqishlar, musiqa va raqslar, yoshlar uchun super atmosfera, kayfiyatni ko‘taruvchi sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga taqdim etildi. Umid qilamizki Toshkent davlat agrar universitetining iqtidorli talabalari Qibray yoshlari qalbidan unutilmas joy egalladi!
Ijtimoiy tarmoqlar: