Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi professori, taniqli olim va fidoyi pedagog Raxmanberdiyev Vaxabdjan Karimovich 2026-yil 11-sentabr kuni 74 yoshida vafot etdi. Vaxabjon Karimovich 1952-yil 24-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgan bo‘lib, 50 yildan ortiq ilmiy-pedagogik faoliyati davomida o‘z hayotini ilm-fan va ta’lim rivojiga bag‘ishladi.
U O‘zbekistonda ipakchilik tarmog‘ining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan tutchilik fanini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalagan zahmatkash olim sifatida universitet jamoasi xotirasida qoladi. Ustozning boy ilmiy merosi, ezgu ishlari va shogirdlari qalbidagi yorqin xotirasi abadiy yashaydi.
Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi marhumning oila a’zolari, yaqinlari, shogirdlari va hamkasblariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Marhumning joylari jannatdan, oxiratlari obod bo‘lsin.
Ijtimoiy tarmoqlar:
