logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TA’ZIYA

view 6

Xalikov Suyun Ravshanovich— Toshkent davlat agrar universiteti Agroiqtisodiyot kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari nomzodi 2026-yil 2-may kuni 73 yoshida olamdan o’tdi
Suyun Ravshanovich 1953-yilda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida tavallud topgan edi. U o‘z hayotini qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilm-fanini rivojlantirishga bag‘ishlab, TDAU talabasidan professorlik darajasigacha bo‘lgan sharafli yo‘lni bosib o‘tdi. Ukraina qishloq xo‘jalik akademiyasida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ko‘p yillar davomida Toshkent davlat agrar universitetida Agroiqtisodiyot fakulteti dekani muovini lavozimida fidokorona mehnat qildi. Universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat olib borib, ijtimoiy hayotda ham faol bo‘ldi. Xalikov Suyun o‘zining sermazmun faoliyati davomida ko‘plab shogirdlar tayyorlagan, chorvachilik tarmog’i iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha samarali ilmiy tadqiqotlar olib borgan, respublikada ko’zga koringan olim, yetuk mutaxassis edi.
Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi. Professor Xalikov Suyun Ravshanovich yorqin xotirasi qalblarimizda mangu qoladi.
Toshkent davlat agrar universiteti jamoasi

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.