logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU bitiruvchilar bandligini ta’minlash va ularning professional karyerasini shakllantirish masalalari yangi bosqichga olib chiqilmoqda

view 120

Hozirgi kunda universitetning Karyera markazi va “Kelajakka qadam” markazi tomonidan 2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, jami 2971 nafar bitiruvchining 78 foizida aniq bandlik tahlili shakllantirilgan. Xususan, talabalarning 43 foizi yuridik shaxslarda o‘z ish o‘rniga ega bo‘lgan bo‘lsa, 21 foizi ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan. Shuningdek, talabalar tadbirkorligi va o‘zini o‘zi band qilish ko‘rsatkichlari ham barqaror o‘sib bormoqda.
Jumladan, “Kelajakka qadam” markazi orqali yoshlarning 117 ta innovatsion loyihasi ishlab chiqilib, ularning 53 tasi 1,5 milliard so‘m miqdorida moliyalashtirilgani universitetning nafaqat ta’lim, balki amaliy natijadorlik markazi ekanligini yana bir bor isbotlaydi.
Xalqaro tajriba almashish yo‘nalishida ham salmoqli natijalar qayd etilib, 2026-yilda Germaniya, Bolgariya, Polsha, Italiya va Yaponiya kabi davlatlarda haq to‘lanadigan amaliyot o‘tovchi talabalar sonini 300 nafarga yetkazish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Agrar soha uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ularning ta’lim jarayonlari va amaliyotlarini samarali tashkil etish hamda kadrlar buyurtmachilarini takliflari asosida mutaxassislar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash borasida 250 dan ortiq yirik hamkor tashkilotlar, jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va yetakchi tijorat banklari bilan o‘rnatilgan kooperatsiya aloqalari muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.