logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU HUDUDIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI: TTJ ATROFIDA YANGI MANZARALI BOG‘ BARPO ETILDI

view 36

Toshkent davlat agrar universitetida atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar yangi bosqichda davom etmoqda. Xususan, universitetning yangi barpo etilgan zamonaviy talabalar turar joyi hududida yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida ommaviy ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur xayrli tashabbusda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda jamoat faollari birdek ishtirok etib, hududga iqlim sharoitiga mos bo‘lgan Qrim sarvi (sosna) ko‘chatlarini ekdilar. Tadbir davomida nafaqat daraxt ekish, balki ularning keyingi parvarishi va yashovchanligini ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda, ekilgan ko‘chatlarni muntazam va samarali sug‘orishni tashkil etish uchun hududda zamonaviy sug‘orish tizimlari hamda poliv tarmoqlari to‘liq o‘rnatildi.
Yangi yotoqxona atrofidagi ushbu yashil hudud kelgusida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, toza havoda hordiq chiqarishlari va universitet landshaftining yanada go‘zal qiyofaga kirishi uchun xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.