logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU jamoasi Qibray tumanidagi 25-maktabda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirida ishtirok etdi

view 40

Bugun, 25-may kuni mamlakatimizning barcha umummiliy ta’lim muassasalari kabi, Toshkent davlat agrar universitetiga biriktirilgan Qibray tumani 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham ko‘tarinki ruhda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir "YUKSAK MAʼRIFATLI AVLOD — UCHINCHI RENESSANS POYDEVORI" shiori ostida tashkil etilib, unda maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari, TDAU rahbariyati hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Toshkent davlat agrar universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori S.Boboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, universitet jamoasi tomonidan maktab o‘quvchilarining intellektual salohiyatini oshirish maqsadida muassasa kutubxona fondiga qishloq xo‘jaligi sohasiga oid ilmiy-ommabop qo‘llanmalar hamda milliy va jahon adabiyotining durdona asarlari to‘plami tantanali ravishda topshirildi.
TDAU jamoasi barcha bitiruvchi yoshlarni maktab davrini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan muborakbod etadi va kelgusi oliy ta’lim hamda mustaqil hayot yo‘llarida ulkan zafarlar tilaydi!

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.