logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU olimlari Yangiyo‘l tumanida dala tadqiqotlarini olib bormoqda

view 96

Toshkent davlat agrar universiteti professor-o‘qituvchilari va doktorantlaridan iborat ishchi guruh Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash bo‘yicha ilmiy-amaliy o‘rganishlar olib bormoqda. O'rganish davomida g‘alla, sabzavot va kartoshka ekinlarini yetishtirishning zamonaviy usullari hamda bog‘-tokzorlarda amalga oshirilayotgan dolzarb agrotexnik tadbirlar yuzasidan dala sharoitida tavsiyalar berilmoqda. Mazkur jarayonda ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish orqali hosildorlikni oshirish va ekinlarni kasalliklardan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan.

Bu kabi ilmiy-amaliy muloqotlar hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish va fermer xo‘jaliklariga metodik yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.