Joriy yilning 12–14-mart kunlari Hindistonning Yangi Dehli shahrida “Agro-oziq-ovqat tizimlarida ayollar bo‘yicha Global konferensiya (GCWAS–2026): Taraqqiyotni rag‘batlantirish, yangi cho‘qqilarni zabt etish” mavzusida nufuzli xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiya ishida TAAS hamda ICARDA kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham o‘z tabriklari bilan ishtirok etishdi.
Anjumanda Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi” kafedrasi professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Go‘zal Ro‘ziyevna Xolmurodova maxsus taklifga binoan ishtirok etdi. Professor anjuman davomida agro-oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirishda ayollarning o‘rni va sohadagi dolzarb ilmiy masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbir yakunida professor Go‘zal Xolmurodova xalqaro anjumandagi faol ishtiroki va sohaga qo‘shgan hissasi uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Bu kabi xalqaro muloqotlar universitetimiz ilmiy salohiyatini dunyo miqyosida namoyish etish hamda global agrosanoat masalalarida tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:




