O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi kafedrasi professori R.Gulmurodov Xitoyning Pekin shahrida “Bug‘doy kasalliklarini nazorat qilishning integratsiyalashgan texnologiyalari” loyihasi doirasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Xizmat safari 8–16 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning davomida Xitoyning Urumchi, Korla va Pekin shaharlarida joylashgan bir nechta ilmiy-tadqiqot institutlarida bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari kasalliklarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan tanishish, shuningdek, kelgusida yangi loyihalar ustida hamkorlikda ishlash ko‘zda tutilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar: