logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU rektori N. Oblomuradov Texas A&M University (AQSH) bilan uchrashuv o‘tkazdi

view 271

Toshkent davlat agrar universiteti rektori N. Oblomuradov AQSHning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Texas A&M University vakillari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida agrar ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv jarayonida ikki tomon agrar sohada ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy xodimlar va talabalar almashinuvi, qo‘shma tadqiqot tashabbuslarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalar bo‘yicha malaka oshirish dasturlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi ta’limini modernizatsiya qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlikni bosqichma-bosqich kengaytirishga kelishib oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.