O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik
fakultetining O
‘simliklar karantini va himoyasi talim yo
‘nalishi talabalari uchun tashkil etilgan fitopatologiya fanidan o‘quv amaliyoti yuqori samaradorlik bilan yakunlandi. O‘simlik kasalliklari, ularning etiologiyasi, tarqalish xususiyatlari va profilaktikasi bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar berishga qaratilgan mazkur dasturda 103 nafar talaba faol ishtirok etdi. Amaliyot mashg‘ulotlari 15 kun Toshkent botanika bog‘i, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog
‘dorchirilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti hamda TDAU tajriba xo‘jaligi hududida olib borildi. Har biri talaba biriktirilgan dala maydonlarida 40 dan ortiq o‘simlik kasalligini aniqladi va tahlil qildi. Eng ko‘p uchragan kasalliklar qatorida:
• Alternarioz (pomidor, kartoshka),
• Fuzarioz va ildiz chirishi (bug‘doy, sabzavot ekinlari),
• Zang kasalliklari (g‘o‘za, donli ekinlar),
• Mo‘g‘orlar va bakterial dog‘lar (sabzavotlar, poliz ekinlari)
kabilar qayd etildi. Har bir guruh laboratoriya sharoitida olingan namunalarni mikroskopik tahlildan o‘tkazib, kasalliklarning zamburug‘li, bakterial yoki virusli kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Umumiy hisobda amaliyot davomida 100 dan ortiq namunalar o‘rganilib, 70 dan ziyod kasallik turi laborator tasdiqlandi.
Ustozlar tomonidan real sharoitda o‘rgatilgan bilimlar va amaliy topshiriqlar talabalarning mustaqil tahlil qilish, xulosa chiqarish va tavsiya berish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirdi
Ijtimoiy tarmoqlar: