favicon
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU tajriba xo’jaligida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dunyo e’tirofida

view 26

Toshkent agrar universitetiga qarashli o'quv-amaliy tajriba xo'jaligida so’ngi vaqtlarda ko’plab tadqiqot ishlari olib borildi. Qator izlanishlar natijasida bir necha turdagi meva-sabzavotlarning yangi navlari yaratildi va mamlakatimiz qishloq xo’jaligida foydalanishga tadbiq etildi. Xususan, ushbu izlanishlar natijasida mamlakatimizning turli xududlarining iqlim sharoitlariga mos bo'lgan, bir vaqtning o'zida ham mevali, ham manzarali daraxtlarning navlari yaratildi. Mana shu ilmiy yutuqlar natijasiga bag'ishlanib Toshkent davlat agrar universitetining o’quv ilmiy tajriba xo’jaligida “O‘rik va olma sayli” mavzusida ilmiy-amaliy dala seminari o’tkazildi. Mazkur seminarni universitetimiz rektori N.Oblomuradov kirish so’zi bilan ochib berdi. Seminarda Qishloq xo’jaligi vazirligi vakillari, xorijlik ekspertlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkilotining (FAO), Suvchilar maktabi vakillari, fermerlar, dehqonlar, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Darhaqiqat, hozirgi kunda tajriba xo’jaligida olma va o’rik mevalarining bir qancha turlari parvarish etilib, ularning suvsizlikka chidamlilik, hosil sifati va miqdorini oshirish borasidagi xususiyatlarini orttirishga erishilgan. Ularning bu yutuqlari seminarga yig’ilgan qishloq xo’jaligi sohasi mutaxassisari tomonidan e’tirof etildi. Yutuqlar tahlil etilar ekan, kelgusida bu kabi navlarni yurtimiz bo'ylab keng tadbiq etgan holda, o'rik va olmalarning intensiv bog'larini yana ham ko'plab barpo etish, bu bog'larda esa universitetimiz izlanuvchilari tomonidan yaratilgan navlar bilan boyitish taklifi ilgari surildi.

"Agrar yulduzlari" ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qóshiqlar esa yig’ilganlarga badiiy-estetik zavq baxsh etdi. Ushbu ilmiy-amaliy seminar dehqon va fermerlarga o‘zaro tajriba almashish, yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatish imkonini bergani bilan ham ahamiyatli bo'ldi. Xorijdan tashrif buyurgan soha mutaxassislari esa o‘zbek olimlari va ilmli dehqonlar tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlar ularni ham qiziqtirib qo‘yganini ta’kidlashdi. Kelgusida amaliy hamkorlik qilishga qaror qilindi.


Ijtimoiy tarmoqlar:

Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.