logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU talabalar turar joyida “Xotira abadiydir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

view 3

Toshkent davlat agrar universiteti 12-talabalar turar joyida TDAU “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti Mamadaliyeva Feruza Asrorovna tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan “Xotira abadiydir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda talaba-yoshlar va ustozlar ishtirok etib, yurtimiz tinchligi va bugungi osoyishta hayot yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Davra suhbati davomida urush yillaridagi jasorat, mehnat frontidagi fidokorlik hamda g‘alabaga eltgan birlik va birdamlik haqida atroflicha fikr yuritildi. Ustozlar tomonidan yoshlarga tarixiy xotirani asrash, Vatanga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ibratli ma’lumotlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.