logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU tyutorlari tomonidan talabalar turar joylari va ijara xonadonlarini muntazam o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda

view 24

Toshkent davlat agrar universitetida tyutorlar tomonidan talaba-yoshlar bilan ishlash, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish ishlari izchil davom etmoqda. Jumladan, O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik, Agroiqtisodiyot, logistika va xizmatlar, O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn hamda Zooinjeneriya fakultetlari tyutorlari tomonidan talabalar turar joylari hamda ijarada istiqomat qilayotgan talabalar xonadonlari koʻzdan kechirilib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi. Jarayon mobaynida xonalarning tozaligi, sanitariya-gigiyena holati, oshxona va umumiy foydalanish joylari tekshirildi.Shuningdek, talabalarga gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yong‘in hamda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Suhbatlar jarayonida talabalarning o‘qish jarayonidagi faolligi, dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish masalalari muhokama qilindi. Talabalarga universitet ichki tartib-qoidalari, TTJ nizomi hamda odob-axloq kodeksiga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bunday uchrashuv va jarayonlar talabalarning xavfsiz, qulay hamda ma’naviy jihatdan sog‘lom muhitda yashashi va ta’lim olishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.