O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-135-sonli qarori ijrosi doirasida Toshkent davlat agrar universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda. Universitetimizning “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti G.H.Tillayeva tashabbusi bilan Belarus davlat universiteti Biologiya fakulteti hamda TDAU olimlari hamkorligida onlayn formatda xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi. Seminarni TDAU investitsiyalar va xalqaro loyihalar bo‘limi boshlig‘i N.Xujanazarova ochib berib, ikki oliygoh o‘rtasidagi akademik aloqalarning ahamiyatini ta’kidladi. Seminarda xalqaro darajadagi mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar: Belarus davlat universiteti tomonidan: Ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, b.f.n., dotsent I.N.Feklistova, kafedra mudiri A.V.Lagodich va sektor mudiri D.V. Maslyak.
TDAU tomonidan: “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor O.A.Ostonov va dotsent G.H.Tillayeva. Seminarda nafaqat ilmiy tajriba almashilgani, balki kelajakda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar va qo‘shma tadbirlar bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishilgani ta'kidlandi. Mazkur muloqot xalqaro akademik mobillikni rivojlantirish va universitetimiz ilmiy salohiyatini global miqyosda mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:


