logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU VA DALIAN OCEAN UNIVERSITETI: XALQARO TA’LIMDA YANGI BOSQICH

view 20

Toshkent davlat agrar universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Dalian Ocean universiteti vakillari bilan strategik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ikki oliygoh o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi pog‘onaga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Qo‘shma ta’lim dasturlari: Bakalavriat bosqichida talabalar almashinuvi va magistratura uchun "1+1" (ikki tomonlama diplom) tizimini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi Ilmiy tajriba almashinuvi: TDAU professor-o‘qituvchilarining Dalian Ocean universitetida malaka oshirishlari va ilmiy izlanishlar olib borishlari yo‘lga qo‘yiladi. Innovatsion loyihalar: Akvakultura, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishlarida birgalikda xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish belgilab olindi. TDAU xalqaro hamkorlik va transformatsiya bo‘yicha prorektori A. Abduvasikov ta’kidlaganidek, ushbu hamkorlik talabalarimiz uchun xalqaro tajriba orttirish va zamonaviy agrar texnologiyalarni o‘zlashtirishda ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi.

Kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lib, soha uchun yuqori malakali, xalqaro miqyosdagi kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.