Xabaringiz bor, Toshkent davlat agrar universiteti bilan “ROZMETOV Z.M.” MChJ korxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolangan. Shu munosabat bilan Germaniyaning Trier Amaliy Fanlar Universiteti magistr talabalari Toshkent davlat agrar universiteti magistr talabalari bilan birgalikda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti dekani boshchiligida hamkor tashkilotlar — “Promeat” va “Ruzmetov” kompaniyalariga tashrif buyurdi. Mazkur jarayon davomida talabalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, amaliy tajriba orttirdi hamda zamonaviy texnologiyalar va me’yoriy jarayonlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Uchrashuvlar jarayonida talabalar va kompaniya mutaxassislari o‘rtasida samarali muloqot tashkil etilib, ishlab chiqarishni samarali yo‘lga qo‘yish, innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish va malaka oshirish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent davlat agrar universiteti tashabbusi bilan universitetlar va kompaniyalar o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik rejalari ishlab chiqildi. Bu esa ilmiy va amaliy tajriba almashinuvini kengaytirish, talabalar malakasini oshirish hamda xalqaro standartlarga mos professional kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar:




