Your HeadingToshkent davlat agrar universitetida Rossiya Federatsiyasining Kostroma davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi rektorining xalqaro hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Mariya Aleksandrovna Ivanova hamda universitet rektori Narzullo Oblomuradov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–135-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan uchrashuvda TDAU va Kostroma davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘rtasidagi akademik aloqalarni kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar talabalar uchun akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim va ilmiy tajriba almashinuvini kuchaytirish hamda istiqbolda qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuvda hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ilmiy loyiha masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Loyiha doirasida “Peatgel” gumin preparatini O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarida qo‘llash samaradorligini ilmiy jihatdan o‘rganish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, TDAUning O‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida umumiy quvvati 10 kVt bo‘lgan 20 ta quyosh panelini o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.Your Heading
Ijtimoiy tarmoqlar:



