logouzqora
  • uzbekistan
  • uzbekistan

TDAU VA «QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI» ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI O‘RTASIDA HAMKORLIK O‘RNATILDI

view 171

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Energetika vazirligi huzuridagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” milliy ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida ilmiy, o‘quv, texnik va amaliy hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuv imzolandi. Mazkur hamkorlik doirasida Agromuhandislik va texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari, doktorant va magistrantlari o‘z ilmiy tadqiqotlarini bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lagan holda olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, talabalar uchun sohaga oid eng zamonaviy texnologiyalar muhitida samarali va tizimli amaliyot jarayonlari yo‘lga qo‘yiladi.

Kelishuvning eng muhim jihatlaridan biri — dual ta’lim tizimini rivojlantirishdir. Bu orqali talabalar nazariy bilimlarini real amaliy jarayonlar bilan uyg‘unlashtirib, ishlab chiqarish muhitida bevosita tajriba orttiradilar va kelajakda "yashil energiya" sohasida raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassis bo‘lib shakllanadilar. Ushbu hamkorlik universitetiimizda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish modelini kengaytirish hamda zamonaviy, professional kadrlar tayyorlash borasidagi navbatdagi muhim qadamdir.

Ijtimoiy tarmoqlar:


Shuningdek o'qing

1930-yilda Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti negizida Oʻrta Osiyo qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Bu institut 1934—1991-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1991-yilning aprel oyida Toshkent davlat agrar universiteti maqomi berildi.