Toshkent viloyati Zangiota tumani, Chirchiq shahrida hamda Chinoz tumani Markaziy MFYda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga bagʻishlangan targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan muhim tashabbuslar, shuningdek, kelgusidagi rivojlanish rejalarining mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda fuqarolarning murojaat, taklif va fikrlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish boʻyicha tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat bozori imkoniyatlari, mavjud boʻsh ish oʻrinlari hamda kasbga yoʻnaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti professor-o’qituvchilar tomonidan Prezidentimiz Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati keng jamoatchilikka tushuntirildi
Ijtimoiy tarmoqlar:



